Milliy iqtisodiyotda xizmatlar sohasining tutgan o‘rnini makroiqtisodiy tadqiq qilish

SKU: milliy-iqtisodiyotda-xizmatlar-sohasining-tutgan-ornini-makroiqtisodiy-tadqiq-qilish Bo'lim:

Monografiyada milliy iqtisodiyotda xizmatlar sohasining tutgan o‘rni makroiqtisodiy jihatdan tadqiq qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining xususiyatlari, o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va jihatlarini hisobga olgan holda xizmat ko‘rsatish sohasining makroiqtisodiy rivojlanishga ta’sirini tizimli tahlil qilish va baholashdan iborat. Monografiyada milliy iqtisodiyot va xizmatlar sohasining boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish, mamlakatdagi xizmatlar sohasining tuzilishi, dinamikasi va rivojlanish tendensiyalarini makroiqtisodiy tadqiq etish bo‘yicha uslubiy yondashuvlarni o‘rganish va takomillashtirish, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holatini tadqiq qilishning xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy mexanizmlarini taklif etish, YaIMni shakllantirish va aholi bandligini ta’minlashdagi xizmatlar sohasining rolini baholash, o‘rta umr ko‘rish davomiyligi va aholi jon boshiga to‘g‘irlangan sof milliy daromadga xizmatlar sohasi rivojlanishining ta’sirini o‘rganish, xizmatlar sohasining real rivojlanish darajasini baholash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, milliy iqtisodiyotdagi xizmatlar sohasining ahamiyati va o‘rnini tahlil qilish imkonini beruvchi integral ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, O‘zbekistonda xizmatlar sohasi samaradorligiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni o‘rganish va tizimli muammolarini aniqlash, milliy iqtisodiyotda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar hamda o‘rta va uzoq muddatlarga makroiqtisodiy prognozlashning yangi ekonometrik modellarini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilab olingan. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xizmatlar sohasining ta’sirini tadqiq etish va prognozlash bo‘yicha uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Monografiya barcha iqtisodiy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda soha mutaxassis-amaliyotchilariga tavsiya etiladi.