AKVAKULTURADA BALIQLAR OZUQASI SIFATIDA QORA ASKAR PASHSHASI (HERMETIA ILLUCENS) YETISHTIRISH BOʻYICHA TAVSIYANOMA

SKU: akvakulturada-baliqlar-ozuqasi-sifatida-qora-askar-pashshasi-hermetia-illucens-yetishtirish-boʻyicha-tavsiyanoma Bo'lim:

Hasharotlar asosida oqsilli va lipidli ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari ishlab chiqarish barcha ishlab chiqarish turlariga nisbatan yetarli darajada rentabelligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari qishloq xoʻjaligi va maishiy chiqindilarni qayta ishlash, undan ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarishda hasharotlarning sovuqqonli ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda hasharotlarning bu imkoniyatlaridan dunyo boʻyicha foydalanish anʼanaviy ishlab chiqarishga nisbatan juda ham past. Birgina Gollandiyaning oʻzida bor-yoʻgʻi 18 ta kompaniya hasharot yetishtirish bilan shugʻullanmoqda.