Kosmetologiya texnologiyasi va jozibali pardozlash

Bo'lim:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarorining qabul qilinishi, yoshlarni har tomonlama bilim olishlari, ularda yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytirishga bog‘langan imkoniyatlari yanada kengaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 09.01.2019-y. PF-5618-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan. 2019-yildagi jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish konsepsiyasining “Yo‘l xaritasi” chora-tadbirlarini joriy etish doirasida, kasb egalarining huquqiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan ishlar tashkillashtirildi.
O‘quv qo‘llanma boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarining 31010301 – Sartarosh (modelyer) kasbining Sartarosh (modelyer) kvalifikatsiyasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu kasb bo‘yicha ta’lim dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda “Kosmetologiya texnologiyasi va jozibali pardozlash” fani mavzulari yoritilgan.
“Kosmetologiya texnologiyasi va jozibali pardozlash” fani bo‘yicha yaratilgan o‘quv qo‘llanmaning maqsadi о‘quvchilarda jozibali pardozlashda tasviriy san’atning mohiyati, pardozning kelib chiqish tarixi, rangshunoslik asoslari, pardoz texnikasi, eskiz usullari va turli xil pardozlarni bajarish texnologiyalari bilan tanishtirishdan iborat. Olingan bilimlar о‘quvchilarda tasavvurni rivojlantirishga va turli xil pardoz turlari haqida bilimlarga ega bо‘lishga, ushbu kasbning yangi yo‘nalishlari haqida ma’lumotlarni izlash va tahlil qilishga yordam beradi.
Shuningdek, ushbu qо‘llanma:
● har xil turdagi pardoz yaratish uchun ranglar nazariyasi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
● har xil turdagi pardozning eskizini chizish uchun turli xil tasvirlash texnikasini egallash;
● yuz turlarini farqlashni o‘rganish;
● uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini, moda tendensiyalarini, yoshni, modelning rang turini hisobga olgan holda kosmetika va ularni yuzga qo‘llash qoidalarini o‘rganish;
● pardozning asosiy texnikasi va operatsiyalarini o‘zlashtirish;
● pardoz yordamida yuz nuqsonlarini tuzatishni o‘rganish va uning individualligini ta’kidlash tо‘g‘risidagi bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘ladilar.
Mazkur qo‘llanma zamonaviy yo‘nalishni hisobga olgan holda sartaroshlik sohasida bo‘lajak mutaxassislarga egallaydigan kasb bo‘yicha mehnatsevarlik, kreativ o‘ylash, kasbiy rivojlanish va o‘sish, kasbiy faoliyatni rejalashtira olish va namoyon qila olishda o‘z fikri, qarashlari namoyon bo‘lishiga erishishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, o‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyati va ko‘nikma imkoniyatlarini hisobga olgan holda sohaga qiziquvchan keng kitobxonlar uchun mo‘ljallanadi.