Raqamli malaka oshirish muhitida professional ta’lim tinglovchilarini mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlan

SKU: raqamli-malaka-oshirish-muhitida-professional-talim-tinglovchilarini-mustaqil-oquv-faoliyatga-tayyorgarligini-rivojlantirish Bo'lim:

Ushbu monografiyada professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va uslubiy-didaktik shart-sharoitlari malaka oshirishning dasturiy-mazmuniy aspektlarini aniqlashtirish natijasida ta’minlangan.
Professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modeli maqsad, mazmun, jarayon, baholash va natija komponentlari uzviyligida metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillarni tizimli joriy qilish asosida takomillashtirilgan.
Professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi o‘quv-uslubiy ta’minotini optimallashtirish hamda malaka oshirish modullarini dasturiy mobillashtirish asosida takomillashtirilgan.
Professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini shakllantirish bosqichlarini klassifikatsiyalash asosida nazariy, amaliy, ilmiy-tadqiqot tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha mobillik, refleksivlik, integrativlik kabi kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan.
Monografiyadan uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi pedagoglar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar foydalanishlari mumkin.