Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Chorvachilikni barqaror rivojlantirish, hayvonlar mahsuldorligini oshirish va uning sifatini yaxshilash, chorvaning sogʻligini saqlash, oʻz vaqtida sogʻlom avlod olish va podani yangilab borish, seleksiya va naslchilik ishlarini takomillashtirish, zotli hayvonlarni genetik imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalanish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishda hayvonlarni oziqlantirish bilan bogʻliq taʼlimot muhim ahamiyat kasb etadi.
Hayvonlarni oziqlantirish fanidan yozilgan darslik nazariy taʼlim, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlaridan tashkil topgan boʻlib, ozuqalarning toʻyimliligini baholash usullari, ozuqalar tasnifi boʻyicha asosiy ozuqalarning tavsifi, meʼyor asosida hayvonlarni oziqlantirish va ozuqalarning sifatini baholash boʻyicha mavzularni qamrab olgan.
Mazkur darslik oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida 5840101 – Veterinariya meditsinasi mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchilar uchun darslik sifatida tayyorlangan va “Hayvonlarni oziqlantirish” fanining amaldagi oʻquv rejasi va dasturi asosida yozilgan.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035