Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:+998977059035
Ushbu darslik bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotdagi, xususan, buxgalteriya hisobi sohasidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobining nazariy asoslari hamda iqtisodiyotning rivojlanishida buxgalteriya hisobining o‘rni va mohiyati yoritilgan. Darslikda O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni, buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobi nazariyasi, xo‘jalik subyektlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishda moliyaviy hisobni yuritishning tartibi yoritilgan.
Shuningdek, darslikda buxgalteriya hisobiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari me’yoriy-huquqiy hujjatlari, buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy monografiyalar, maqolalar, mashg‘ulotlar to‘plami, statistik ma’lumotlar to‘plamlari, internet ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Mazkur darslik oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti va ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari talablariga muvofiq buxgalteriya hisobidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklar asosida tayyorlangan bo‘lib, 60410200– “Buxgalteriya hisobi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Ushbu darslik buxgalteriya hisobining predmeti va usullari, buxgalteriya balansi va uning tuzilishi, schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, asosiy xo‘jalik jarayonlari hisobining tamoyillari, hujjatlashtirish va inventarizatsiya, buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari, pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish, tovar-moddiy zaxiralar hisobi, investitsiyalar hisobi, asosiy vositalar hisobi, nomoddiy aktivlar hisobi, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi hisobi, byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish, xususiy kapital hisobi, moliyaviy natijalar hisobi va hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibi nazariy va amaliy jihatdan keng yoritib berilgan.
Shuningdek, buxgalteriya hisobini takomillashtirishda chet el tajribalaridan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etish masalalari ham yoritilgan.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:+998977059035