Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Mazkur monografiya simmetriya va asimmetriya kategoriyalarining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tadqiq qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda insoniyat jamiyatining murakkab dinamik tuzilishi falsafiy-metodologik jihatdan o‘rganilgan. Monografiyaning dastlabki qismida, ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixida simmetriya va asimmetriya g‘oyalarining evolyutsiyasi yoritilib, ularning tarixiy va nazariy shakllanish bosqichlari falsafiy diskurs kontekstida tahlil qilinadi. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzilishlarida namoyon bo‘ladigan simmetrik va asimmetrik hodisalar, ularning dialektik o‘zaro ta’siri klassik, noklassik va postnoklassik fan paradigmalari doirasida talqin etiladi. Shuningdek, monografiyada disimmetriya konsepsiyasi asosida ijtimoiy borliqning simmetrik va asimmetrik manzarasini shakllantirish orqali jamiyatni tadqiq qilishning yangi metodologik yondashuvi taklif etiladi. Mazkur yondashuv ijtimoiy taraqqiyot dinamikasini tushuntirishda an’anaviy tafakkur andozalaridan farq qiluvchi nazariy asos sifatida qaraladi. Ya’ni insoniyat jamiyati simmetriya va asimmetriyaning murakkab dinamik birligidan tarkib topgan fraktal tuzilma sifatida tadqiq qilinadi. Ushbu konsepsiya doirasida mikro, makro va megaijtimoiy tizimlarning o‘xshashligi, o‘z-o‘zini tashkillashtirilishi, tuzilmaviy davriyligi va jarayonlarning takrorlanuvchanligi ijtimoiy-falsafiy tahlil nuqtayi nazaridan konseptuallashtiriladi.
Mazkur monografiya ijtimoiy falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshuno slik va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar, doktorantlar, magistrantlar hamda ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanuvchi yosh tadqiqotchilar uchun muhim nazariy va metodologik ahamiyatga ega ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035