Sanoat korxonalari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda raqobat razvedkasi vositalaridan foydalanish

SKU: sanoat-korxonalari-iqtisodiy-xavfsizligini-taminlashda-raqobat-razvedkasi-vositalaridan-foydalanishning-nazariy-metodologik-asoslari Bo'lim:

Mazkur monografiyada sanoat korxonalari iqtisodiy xavfsizligini ta’min-lashda raqobat razvedkasi vositalaridan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Unda iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasining evolyutsiyasi, raqobat razvedkasining mazmun-mohiyati hamda uni korxona boshqaruv tizimiga integratsiya qilish mexanizmlari yoritilgan. O‘zbekiston sanoatining rivojlanish tendensiyalari va mavjud muammolari tahlil qilinib, iqtisodiy xavfsizlik darajasini baholash usullari ishlab chiqilgan. Shuningdek, konseptual model, tahliliy platforma va ARIMA prognozlash modeli asosida amaliy tavsiyalar hamda istiqbolli rivojlanish ssenariylari taklif etilgan.
Monografiya kichik biznes sohasi bilan qiziqayotgan mutaxassislar, yosh izlanuvchilar, magistr va bakalavr talabalariga mo‘ljallangan.