Arxivshunoslik

SKU: arxivshunoslik Bo'lim:

Mazkur o‘quv qo‘llanmada Arxivshunoslik fanining maqsad va vazifalari umumlashtirilgan holda, unda asosan Arxivshunoslik fanini o‘qitishga qo‘yilgan talablar, dastlabki arxivlar va ularning tashkil etilishi, qadimgi arxivlar, Мarkaziy Osiyoda arxiv ishi tarixi, mustaqil O‘zbekistonda arxiv ishi, arxivlar faoliyatining takomillashtirilishi, O‘zbekiston Respublikasida Markaziy davlat arxivlari va ularning faoliyati yoritib berilgan. Shuningdek, arxiv kataloglari va ularning turlari, arxiv hujjatlarining tavsiflari, davlat arxivlarida yo‘l ko‘rsatkichlarini tuzish hamda ularni nashrga tayyorlash, davlat arxiv jamg‘armalari hujjatlarini turkumlash, arxiv hujjatlari qiymatini ekspertiza qilish ishlarini qanday olib borilishiga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari tarix ta’limi (60111100 – tarix) yo‘nalishi bakalavr bosqichi talabalari, shuningdek, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.