O‘zbekistonda inson ekologiyasi va aholi salomatligining geografik muammolari

SKU: ozbekistonda-inson-ekologiyasi-va-aholi-salomatligining-geografik-muammolari-hududiy-tahlil-prognoz-xaritalashtirish-masalalari Bo'lim:

Mazkur monografiyada inson ekologiyasi va tibbiyot geografiyasining muhim tarmog‘i hisoblangan nozogeografiya, uning shakllanishi hamda rivojlanish xususiyatlari, tadqiqot usullari ko‘rib chiqilgan. Nozogeografiya yoki inson kasalliklari geografiyasi tibbiyot geografiyasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u Yer sharida tarqalgan kasalliklar, ularni vujudga keltiruvchi sabab va qonuniyatlarni o‘rganadi. Monografiya inson ekologiyasi, tibbiyot geografiyasi hamda ijtimoiy geografiya bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, undan O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari 70530402 – Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi talabalari ham foydalanishi mumkin.