Microsoft kompaniyasi sunʼiy intellekt tahdidi tufayli yoʻq boʻlib ketish xavfi yuqori boʻlgan 40 ta kasblar roʻyxatini eʼlon qildi. Roʻyxatda tarjimonlar, konsyerjlar, tarixchilar, geograflar, video muharrirlar, veb-dasturchilar va hatto modellar mavjud.
Ushbu roʻyxat bilan birga shuningdek, Microsoft sunʼiy intellekt davrida eng xavfsiz 40 ta kasblarni ham eʼlon qildi, ular orasida hamshiralar, shinalar oʻrnatuvchilar, quruvchilar va jarrohlar bor.
