Raqamli transformatsiyalashuv sharoitida tijorat banklarida aholi omonatlarining jozibadorligini oshirish

Bo'lim: Tag:

Ushbu monografiya ma’lum darajada yuqorida ko‘rsatilgan tendensiyalarga va sohadagi mavjud muammolarning yechimiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlarida belgilangan vazifalarni hal etishga xizmat qiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 360-II sonli “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi 6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030 strategiyasini va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020-yil 12-maydagi “2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli Qarorlari va ushbu faoliyatga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarda belgilab o‘tilgan vazifalarni amaliyotga joriy etishda mazkur monografiya muayyan darajada xizmat qiladi.