2025-yil 1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 2-iyundagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-91-son farmonida belgilangan.
Farmonga muvofiq, pedagoglar 2025-yil 1-avgustdan quyidagicha oshirilgan miqdorda oylik maosh oladi:
Maktab direktori:
- 5 mln 166 ming 485 soʻm (400 oʻquvchigacha);
- 5 mln 516 ming 559 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
- 5 mln 849 ming 691 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha);
- 6 mln 187 ming 933 soʻm (1600dan ortiq).
Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)
- 4 mln 825 ming 345 soʻm (400 oʻquvchigacha);
- 5 mln 166 ming 485 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
- 5 mln 516 ming 559 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);
- 5 mln 849 ming 691 soʻm (1600dan ortiq).
Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:
- 1 mln 957 ming 858 soʻm (400 oʻquvchigacha);
- 2 mln 233 ming 302 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
- 2 mln 322 ming 127 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);
- 2 mln 515 ming 091 soʻm (1600dan ortiq).
Psixologlar:
- Oliy maʼlumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 soʻm;
- Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 soʻm;
- Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 soʻm;
- Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 soʻm.
Oʻqituvchilar:
- Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 468 ming 585 soʻm;
- Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 729 ming 906 soʻm;
- Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 175 ming 834 soʻm;
- Birinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 653 ming 151 soʻm;
- Oliy toifali oʻqituvchi – 5 mln 142 ming 053 soʻm.
Kadrlar boʻyicha menejer:
- 1 mln 758 ming 372 soʻm.
Kutubxona mudiri:
- Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 349 ming 447 soʻm;
- Oliy maʼlumotli – 2 mln 563 ming 442 soʻm.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekistondagi maktablarda 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olayotgani maʼlum qilingandi.