1-avgustdan pedagoglar oshirilgan miqdorda maosh oladi

2025-yil 1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 2-iyundagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-91-son farmonida belgilangan.

Farmonga muvofiq, pedagoglar 2025-yil 1-avgustdan quyidagicha oshirilgan miqdorda oylik maosh oladi:

Maktab direktori:

  • 5 mln 166 ming 485 soʻm (400 oʻquvchigacha);
  • 5 mln 516 ming 559 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
  • 5 mln 849 ming 691 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha);
  • 6 mln 187 ming 933 soʻm (1600dan ortiq).

Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)

  • 4 mln 825 ming 345 soʻm (400 oʻquvchigacha);
  • 5 mln 166 ming 485 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
  • 5 mln 516 ming 559 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);
  • 5 mln 849 ming 691 soʻm (1600dan ortiq).

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:

  • 1 mln 957 ming 858 soʻm (400 oʻquvchigacha);
  • 2 mln 233 ming 302 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
  • 2 mln 322 ming 127 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);
  • 2 mln 515 ming 091 soʻm (1600dan ortiq).

Psixologlar:

  • Oliy maʼlumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 soʻm;
  • Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 soʻm;
  • Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 soʻm;
  • Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 soʻm.

Oʻqituvchilar:

  • Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 468 ming 585 soʻm;
  • Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 729 ming 906 soʻm;
  • Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 175 ming 834 soʻm;
  • Birinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 653 ming 151 soʻm;
  • Oliy toifali oʻqituvchi – 5 mln 142 ming 053 soʻm.

Kadrlar boʻyicha menejer:

  • 1 mln 758 ming 372 soʻm.

Kutubxona mudiri:

  • Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 349 ming 447 soʻm;
  • Oliy maʼlumotli – 2 mln 563 ming 442 soʻm.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekistondagi maktablarda 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olayotgani maʼlum qilingandi.

About the Author

You may also like these