Kutubxona kataloglari va fondlari

SKU: kutubxona-kataloglari-va-fondlari Bo'lim:

Ushbu o‘quv qo‘llanma axborot-kutubxona muassasalarining kataloglari, axborot-kutubxonalar ish faoliyatida ularning tutgan o‘rni, katalog turlari, tasvir prinsiplari, hujjatlarga ishlov berish, sistemalashtirishning nazariy asoslari, tarixiy negizlari haqida tushuncha beradi. Xususan, kutubxona-bibliografik klassifikatsiyalarining vujudga kelishi: Universal o‘nlik klassifikatsiyaning yaratilishi, O‘zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi jadvalining tuzilishi, u bilan ishlash metodikasi masalalarini, axborot-kutubxona fondi, uning belgi va xususiyatlari, fondni shakllantirish prinsiplari va jarayonlarini qamrab oladi. Shuningdek, axborot-kutubxona muassasalarining katalog va kartotekalar tizimini tuzish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beradi. Ushbu o‘quv qo‘llanma axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu jumladan, qo‘llanmadan katalog va kartotekalar tizimi bilan faoliyat yurituvchi mutaxassislar, axborot-kutubxona muassasalari xodimlari foydalanishlari mumkin.