Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Ushbu darslik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim standartlari asosida tayyorlangan. Unda loyihalarni boshqarishning asosiy yondashuvlari izchil tarzda keltirilgan. Loyiha menejmenti tizimining yaxlit koʻrinishi, jumladan, har xil turdagi loyihalarni boshqarishning asosiy tamoyillari, usullari va vositalari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, loyihalarni boshqarish jarayonlari – initsiatsiya, rejalashtirish, ijroni tashkil etish, nazorat qilish va loyihani tugatish ham koʻrib chiqilgan. Loyihaning mazmuni, muddatlari, narxi, risklari va xodimlarini boshqarish usullari hamda vositalari batafsil koʻrsatilgan. Kitobdagi materiallar loyihalarni boshqarish jarayonlariga qoʻyilgan xalqaro standartlar talablari va loyihalarni boshqarish sohasidagi menejerlarni sertifikatlashni inobatga olgan holda tayyorlangan.
Darslik 70310102 – “Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar boʻyicha” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan magistratura talabalari, oliy oʻquv yurtlarining yuqori kurs talabalari, ta’lim tizimi va loyihalarni boshqarish sohasidagi qisqa muddatli kurslar tinglovchilari, loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul rahbar va mutaxassislar uchun moʻljallangan.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035