BADIIY ADABIYOTDA AYOLLAR OBRAZI: IJTIMOIY, SHAXSIY VA RUHIY HOLATLAR TADQIQI

Feruza BURXANOVA,

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent.

Mohichehra XAMRAQULOVA,

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3-bosqich talabasi.

Maqolada badiiy adabiyotda ayollar obrazining yaratilishi va uning ijtimoiy, madaniy, shaxsiy va ruhiy xulq-atvori tahlil qilinadi. Adabiyotning turli davrlarida ayol personajlari ko‘p hollarda shaxsiy erkinlik, jamiyatning ta’limotlari va ijtimoiy normalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni yoritib kel-gan. Jahon adabiyotida Jeyn Ostin, Tolstoy, Frans Kafka va Virjiniya Vulf kabi yozuvchilar ayol-lar obrazi orqali inson ruhiyatining murakkabligini va jamiyatning qiziqishlarini ko‘rsatishgan. O‘zbek adabiyotida ayollar obrazi XX asrdan boshlab keng yoritila boshladi, bu yerda Zulfiya Qurolboy qizi kabi yozuvchilar ayollar ruhiyatini chuqurroq ochib beradi. Zamonaviy adabiyotda ayollar obrazi ularning ichki dunyosi, shaxsiy muammolari va ijtimoiy kurashlarini o‘z ichiga olishga qaratilgan. Maqolada ayollar obrazining ijtimoiy va shaxsiy aspektlari, ularning adabi-yotdagi estetik va axloqiy ahamiyati tadqiq etiladi.
Tayanch so‘zlar. Ayollar obrazi, badiiy adabiyot, jamiyat, ijtimoiy rol, shaxsiy erkinlik, ichki dunyo, zamonaviy adabiyot, Zulfiya Qurolboy qizi, psixologizm, gender munosabatlari, ayol-ning ruhiy holati, ijtimoiy kurash.
В этой статье анализируется создание образа женщины в художественной литературе и ее социальное, культурное, личное и психическое поведение. В разные периоды литературы женские персонажи в большинстве случаев освещали противоречия между личной свободой, учениями общества и социальными нормами. В мировой литературе такие писатели, как Джейн Остин, Толстой, Франц Кафка и Вирджиния Вулф, через образ женщины показали сложность человеческой психики и интересы общества. В узбекской литературе образ женщины стал широко освещаться начиная с ХХ века, где такие писатели, как Зульфия Куролбой кизи, глубже раскрывают женскую психику. Образы женщин в современной литературе направлены на охват их внутреннего мира, личных проблем и социальной борьбы. В статье исследуются социальные и личностные аспекты образа.
Ключевые слова. Образ женщины, художественная литература, общество, социальная роль, личная свобода, внутренний мир, современная литература, Зульфия Куролбой кизи, психологизм, гендерные отношения, психическое состояние женщины, социальная борьба.
This article analyzes the creation of the image of women in fiction and their social, cultu-ral, personal, and spiritual behavior. In different periods of literature, female characters often illuminated conflicts between personal freedom, societal teachings, and social norms. In world literature, writers such as Jane Austen, Tolstoy, Franz Kafka, and Virginia Woolf have shown the complexity of the human psyche and the interests of society through the image of women. In Uzbek literature, the image of women began to be widely illuminated starting in the 20th century, where writers such as Zulfiya Kurolboy qizi deeply reveal the psyche of women. In contemporary literature, the image of women is aimed at encompassing their inner world, per-sonal problems, and social struggles. The article examines the social and personal aspects of the image of women, their aesthetic and moral significance in literature.
Key words. The image of women, fiction, society, social role, personal freedom, inner wor-ld, modern literature, Zulfiya Kurolboy qizi, psychology, gender relations, woman’s mental state, social struggle.

Badiiy adabiyotda ayol mavzusi doimo muhim bo‘lib kelgan. Ayol personajlar ijtimoiy, madaniy va shaxsiy masalalarni yoritishda o‘ziga xos ramziy rol o‘ynaydi. Jahon va o‘zbek adabiyotida ayol qahramonlar orqali yozuvchilar turli davrlarning ruhiyatini aks ettirgan. Ayollar badiiy asarda ko‘p hollarda
ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari bilan to‘liq yoritilmasdan, syujetni rivojlantiruvchi yoki qo‘shimcha qahramonlar sifatida namoyon bo‘lgan. Ammo zamonaviy adabiyotda bu holat o‘zgarib, ayollarning ruhiyati va ichki dunyosiga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Jahon adabiyotida ayol obrazlari ko‘p asrlik an’analar asosida shakllangan. Masalan, Jeyn Ostinning “Andisha va g‘urur” romanidagi Elizabet Bennet obrazi yoki Tolstoyning “Anna Karenina” romanidagi Anna Karenina ijtimoiy normalar bilan shaxsiy erkinlik o‘rtasidagi kurashni ifoda etadi. Bunday qahramonlar orqali yozuvchilar ayollarning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari va tanlovlari bilan birga jamiyatning turli ziddiyatlarini ko‘rsatgan.
Frans Kafkaning asarlarida ayollar ko‘pincha ruhiy holatlarini ochib beradigan personajlar sifatida tasvirlanadi. Misol uchun, Virjiniya Vulfning “Missis Dellouey” asaridagi Klarissa Dellouey obrazi inson ruhiyatining cheksiz murakkabligini namoyon etadi. Jahon adabiyotida ayollar mavzusi gumanizm g‘oyalari ta’sirida kengayib, inson ruhiyatiga chuqurroq kirib borgan.
O‘zbek adabiyotida ayollar mavzusi XX asrdan boshlab keng yoritila boshladi. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanidagi Zebiniso yoki Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi Kumushbibi kabi obrazlar asosan davr zulmi va ijtimoiy normalar holatidagi ayollar taqdirini ifodalaydi. Ular ko‘proq fojiali taqdirlar orqali tasvirlanib, ichki dunyosi emas, balki atrofdagilarning ta’siridan kelib chiqadigan holatlarda namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy o‘zbek adabiyoti ayollar obrazining ichki dunyosiga chuqur kirib borish, uning ruhiy holati, ijtimoiy kurashlari va shaxsiy drama ko‘rinishlarini tasvirlashda yangi bosqichga ko‘tarildi. Bunda Zulfiya Qurolboy qizi ijodining o‘rni katta. Adiba ijodi orqali biz nafaqat o‘zbek ayolining hayoti, balki uning ichki dunyosi va muammolari haqidagi tasavvurlarni yanada boyitishimiz mumkin. Zulfiya Qurolboy qizi asarlarida ayolning ichki savollari, qiyinchiliklari va shaxsiy izlanishlari orqali ijtimoiy muammolar yoritilgan.
Zamonaviy adabiyot realistik mazmunda yozilgan asarlar orqali ayol obrazini yangi qirralarda namoyon qildi. Bu jarayonda insonning his-tuyg‘ulariga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etdi. Zulfiya Qurolboy qizi asarlaridagi ayol personajlar ularning turmushdagi og‘ir sinovlari, oilaviy munosabatlari va ichki muammolarini ko‘rsatadi. Bu personajlar orqali yozuvchi jamiyatdagi turli ziddiyatlarni yoritadi va o‘quvchini ular ustida mulohaza qilishga undaydi.
Zulfiya Qurolboy qizi o‘z asarlarida ayol obrazini faqat ijtimoiy yoki shaxsiy masalalarni ko‘rsatuvchi personaj sifatida emas, balki inson ruhiyatining murakkab mexanizmlarini tasvirlash vositasi sifatida ham namoyon etadi. Uning “Yozsiz yil” asaridagi Buvgul xola obrazi adibaning inson tuyg‘ularini idrok qilishdagi nozikligini va jamiyat muammolarini aks ettirishdagi mahoratini yorqin namoyon etadi. Buvgul xola nafaqat o‘z farzandi uchun kurashayotgan mehribon ona, balki jamiyatdagi e’tiborsizlik, qashshoqlik va insonlar o‘rtasidagi behurmatlikka qarshilik ko‘rsatuvchi obraz sifatida ham ahamiyatlidir. Uning har bir harakati, ichki kechinmalari va tashqi dunyo bilan bo‘lgan to‘qnashuvlari orqali o‘quvchi jamiyatning murakkab ziddiyatlari haqida o‘ylashga chorlanadi.
Adabiyotshunos Umarali Normatov bu haqda shunday deydi: “Zulfiyaning bir vaqtlar tanqidchilikda mensimay qaraladigan, uncha xush ko‘rilmaydigan ijtimoiylikdan xoli sof “ko‘ngil mayllari nag‘malari” talqini adabiy tajribalari yo‘lidan borib yaratgan qator hikoyalari, ayniqsa, “Yozsiz yil” o‘zining badiiy-ma’naviy ta’sir kuchi jihatidan sof ijtimoiy yo‘nalishdagi yetuk asarlardan aslo qolishmaydi”
Buvgul xolaning farzandiga nisbatan sadoqati, uning sog‘lom turmush kechirishi uchun olib borayotgan fidokorona harakatlari va ayni paytda jamiyatning sovuq muomalasiga duch kelishi o‘quvchini chuqur uyga toldiradi. Asarda Buvgul xolaning shaxsiy qayg‘ulari nafaqat uning shaxsiy hayoti, balki jamiyatning umumiy dardi sifatida aks ettiriladi. Zulfiya o‘z qahramonining har bir xulqini ortiqcha bo‘yoqlarsiz, realizmga asoslangan holda, o‘quvchiga yaqin qilib tasvirlaydi.
Asarda Buvgul xolaning kundalik hayoti, kichik tafsilotlar orqali katta dramatik mazmunga ega bo‘ladi. Uning yolg‘izligi, jamiyatning unga bo‘lgan e’tiborsizligi va shunga qaramay, irodali ona sifatida farzandi uchun kurashishi katta ma’naviy quvvat va umid timsoli bo‘lib xizmat qiladi. Shu tariqa, Buvgul xola nafaqat bir shaxsning taqdiri sifatida, balki ayollarning ijtimoiy hayotdagi qiyinchiliklari va ularning bunga qarshi qay darajada muvaffaqiyatli javob berishi sifatida ham talqin etiladi.
Adiba o‘z asarida ijtimoiy masalalarni nazokat bilan aks ettirishga erishadi. Buvgul xolaning obrazi, uning hayotga bo‘lgan sodiqligi va farzandi uchun kurashi orqali Zulfiya Qurolboy qizi nafaqat shaxsiy, balki umumiy jamiyat dardini ko‘rsatishda muvaffaqiyatli ijod namoyon etadi. Bu, albatta, “Yozsiz yil” asarini nafaqat adabiy, balki ma’naviy jihatdan ham muhim asarlar safiga qo‘shadi.
Zulfiya Qurolboy qizining “Yozsiz yil” asari nafaqat Buvgul xola obrazi orqali inson va jamiyat munosabatlarini aks ettiradi, balki umuminsoniy qiymatlarni yangicha nazar bilan qayta yoritishga xizmat qiladi. Buvgul xola nafaqat jamiyatning unutilgan qahramoni, balki ijtimoiy va ma’naviy adolatning fidokori sifatida namoyon bo‘ladi. Uning o‘ziga xos ichki kuchga ega ekanligi, tashqi muhit ta’siridan kelib chiqadigan og‘irliklarga qaramay, umidsizlikka tushmasligi Zulfiya ijodining asosiy g‘oyalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Asarning badiiy qimmati shundaki, u qahramonning shaxsiy qayg‘ulari va ichidagi dunyosi orqali keng jamiyatdagi turli muammolarni ochib beradi. Buvgul xola bir qator ijtimoiy jarayonlarning, xususan, odamlar o‘rtasidagi hissiy uzilishlar, mehrsizlik va jamiyatdagi adolatsizliklarning ta’sirchan ifodasidir. Uning hayotga bo‘lgan munosabati, farzandi uchun chekkan azoblari va shu bilan birga insonparvarlik qadriyatlariga bo‘lgan sadoqati uni universal qahramonga aylantiradi.
Bu obrazda jamiyatning umumiy dardlari bilan bir qatorda, ayolning xususiy hayoti, uning kechinmalari, sabr va mehnatining qiymati ham namoyon bo‘ladi. Asar shu jihatdan oilaviy munosabatlar, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik va insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mukammal tarzda ko‘rsatib beradi. Buvgul xolaning obrazi o‘z farzandini himoya qilish orqali yanada chuqur ma’noga ega bo‘lib, ayollar hayotidagi kuch-qudrat, irodaning beqiyosligi va jamiyat uchun ularning ahamiyatini keng qamrovli tarzda ochib beradi.
Shuningdek, asardagi ichki dramatik ziddiyatlar o‘quvchini nafaqat qahramonning holatiga sho‘ng‘ishga, balki o‘zining jamiyatdagi rolini qayta baholashga chorlaydi. Buvgul xolaning qiyofasi nafaqat bir shaxsning, balki butun avlodning o‘ziga xos tarixi, umidi va saboqlarini o‘zida mujassam etgan. Adiba asari orqali biz jamiyatning qalbiga nazar tashlaymiz va uning chuqur, ba’zan e’tiborsiz qolgan jihatlarini qayta kashf etamiz.
Shunday qilib, “Yozsiz yil” nafaqat badiiy asar sifatida, balki ijtimoiy-ruhiy tahlil vositasi sifatida ham o‘ziga xos qimmatga ega. Buvgul xola obrazi orqali adiba o‘quvchiga nafaqat jamiyatdagi kamchiliklarni ko‘rsatadi, balki ularni bartaraf etish yo‘lidagi saboq va g‘oyalarni taqdim etadi.
Zulfiya Qurolboy qizining boshqa asarlarida ham ayol obrazlari o‘z taqdirlari bilan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sirni o‘quvchi chuqur his qiladi. Masalan, “Ikki manzil” hikoyasidagi qahramon ichki savollariga javob izlagan holda o‘zining ichki dunyosini qayta qurishga intiluvchi ayolni tasvirlaydi. Bu hikoyada yozuvchi personajning ichki taraqqiyoti, uning shaxsiy qarashlarining o‘zgarishi va o‘zini anglashiga asosiy urg‘u bergan.
Zulfiya Qurolboy qizi asarlarida real voqeliklar psixologizm bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirilgan. Yozuvchi voqyea-hodisalarni yoritishda realistik uslubdan foydalanib, personajlarning ichki dunyosini psixologik tahlillar orqali boyitadi. Bu usul ayol qahramonlar orqali jamiyatdagi global va milliy muammolarni yoritish imkonini beradi. Asarlarda ayol qahramonlar tabiat va atrof-muhit bilan bog‘liq holda tasvirlanadi, bu esa insonning ichki dunyosi va tabiat o‘rtasidagi mustahkam aloqani ko‘rsatadi.
Zulfiya Qurolboy qizi ijodi zamonaviy o‘zbek adabiyotida ayol obrazi rivojiga yangi yo‘nalish berdi. Uning asarlaridagi ayol qahramonlar hayotning barcha murakkab qirralarini ifoda etadi, ularning ichki kurashlari esa adabiyotning inson ruhiyatini yanada chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Zamonaviy adabiyotda ayol obrazlarining shakllanishi nafaqat ijtimoiy, balki shaxsiy savollarni muhokama qilishning ham yangi usuliga aylandi. Zulfiya Qurolboy qizi bu yo‘nalishdagi eng yorqin ijodkorlardan biri sifatida alohida o‘rin tutadi.
Ayol obrazi badiiy adabiyotning markaziy timsollaridan biri sifatida turli davrlarda ijtimoiy, madaniy va estetik qarashlarning ifodasi bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada ayol obrazining mazmun-mohiyati, badiiy timsol sifatidagi o‘rni va uning inson ruhiyatiga ta’sirini tahlil qilishga harakat qilinadi.
Adibaning “Ayol” hikoyasidagi Nazokat obrazi inson irodasi, sabr-toqat va hayotga bo‘lgan chuqur muhabbatning yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning jismoniy azoblari va ruhiy holati hikoya syujetining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, o‘quvchini inson tuyg‘ularining har bir qirrasini chuqur his etishga majbur etadi. Nazokatning o‘z hayotida duch keladigan mashaqqatlari nafaqat uning shaxsiy dramasi, balki jamiyatdagi ayollarga xos bo‘lgan umumiy holatlarni ham aks ettiradi.
Tanqidchi Qozoqboy Yo‘ldoshevning so‘zlarida ta’kidlanganidek, “tiriklikning boshqalarga tushunarsiz bo‘lgan totli tuyuluvchi jihatlarini mahorat bilan tasvirlash” adiba ijodining o‘ziga xos xususiyatidir. Nazokatning ichki olamida kechayotgan ziddiyatlar, uning azoblari va shunga qaramay hayotga ishonchi, atrofidagilarning qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ekanligi uning obrazini yanada ta’sirli qiladi. Shu bilan birga, Nazokatning ichki dunyosi orqali adiba insonning nainki jismoniy, balki ruhiy qiyinchiliklar oldidagi kurashini ham ko‘rsatib beradi.
Zulfiya Qurolboy qizi hikoyasida Nazokat nafaqat bir ayolning taqdiri sifatida qaraladi, balki insonparvarlik va hayotga ishonch simvoli sifatida ham talqin qilinadi. Uning jamiyatdagi ijtimoiy roli, atrofidagi insonlar bilan munosabatlari, hatto uning sukutlari ham adibaning nozik idrok salohiyati va chuqur ijodiy mahoratidan darak beradi.
Nazokat obrazi orqali adiba nafaqat ayollar hayotining mashaqqatli tomonlarini, balki ularning ichki irodasi va hayotga bo‘lgan muhabbatining buyukligini ham o‘ziga xos usulda ochib beradi. Shu sababli, hikoyada nafaqat Nazokat, balki uning orqali butun jamiyatning o‘ziga xos aks-sadosi yangraydi.
Ayol obrazining badiiy tadqiqotida ruhiy holatlar, ehtiros va umidning tengma-teng aks ettirilishi muhim. Nazokatning so‘nggi kunlari yoritilgan sahnalar uning ma’naviy kuchini, o‘z juftiga va farzandlariga bo‘lgan mehrini, shu bilan birga inson hayotining murakkab va og‘ir haqiqatlarini ko‘rsatib beradi.
Ushbu obraz orqali yozuvchi hayotning tez o‘tkinchi ekanligi, lekin umid va iroda insonni azoblar oldida ham mustahkam ushlab tura olishini ko‘rsatadi. Nazokatning shiddatli hayotidagi har bir harakat, uning bolalari uchun so‘nggi nafasgacha kurashishi ayol timsolidagi buyuk insonparvarlikni tasdiqlaydi.
Shunday qilib, badiiy adabiyotda ayol obrazi inson irodasi va muhabbatining cheksizligini aks ettiruvchi estetik va falsafiy timsol sifatida sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvchi Nazokat obrazi orqali o‘quvchiga nafaqat estetik zavq beradi, balki umid va insoniy tuyg‘ularni qaytadan qadrlash hissini, kuchli iroda va matonat sohibi bo‘lishga undaydi.
Badiiy adabiyotda ayollar obrazi nafaqat ijtimoiy voqelikning ifodasi, balki inson ruhiyatining murakkab qirralarini tatqiq etish vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi. Ayol obrazlari orqali yozuvchilar jamiyatdagi gender munosabatlari, inson tabiati va turli davrlardagi estetik va axloqiy tushunchalarni ochib berishadi. Ushbu obrazlar turli tarixiy davrlarda har xil mazmun va shaklda namoyon bo‘lib, kitobxon qalbiga ijtimoiy hayotning murakkab qarashlarini yetkazgan.
Ayollar obrazlarining insonparvarlik, sabr-toqat, muhabbat va iroda kabi xususiyatlari ularning hayotga bo‘lgan munosabatini, shuningdek, boshqalar bilan bo‘lgan ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarini shakllantiradi. Ayollar o‘zining ichki kuchini va ma’naviy sabrini, jamiyatning murakkabliklari, ijtimoiy zo‘rlashuvlar va shaxsiy qadriyatlar orasidagi tajribalarni yo‘lga qo‘yish orqali, ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intiladi. Adibaning “yetim uy” hikoyasida ushbu ijtimoiy va psixologik zo‘rlashuvlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, xususan, Maryam opoqining “Shuncha xarajat qilish uchun bechora nechta ho‘kiz bilan yotib chiqishiga to‘g‘ri kelgan!” degan so‘zi Ra’noning ichki dunyosiga ta’sir qilishi va ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy muammolarni namoyon qilishiga olib kelgan.
Maryam opoqining aniq maqsadga yo‘naltirilgan so‘zi, go‘yo Ra’noning eshitishini o‘ylamay aytilganidan kelib chiqib, uning ruhiyatiga keskin ta’sir ko‘rsatgan. Ra’no uchun bu so‘z, nafaqat shaxsiy qadriyatlariga nisbatan, balki uning jamiyatdagi mavqyeiga bo‘lgan haqorat sifatida qabul qilindi. Bu holat, uning hissiy holatini keskin o‘zgartiradi: bir vaqtning o‘zida uning tabiatidagi sabr-toqat va yomonlikka nisbatan ichki qarshilik olib keladi. Shunday qilib, Maryam opoqining aytgan so‘zi, Ra’noning ko‘nglida ichki zarba, hurmatsizlik va ijtimoiy adolatsizlik hissini uyg‘otadi.
Ushbu voqyea Ra’noning xulosalarini o‘zgartiradi va ijtimoiy muhitdagi o‘zaro munosabatlar yoki ularning barchasiga yo‘naltirilgan ta’sirlar bilan bog‘liq ijtimoiy shok tug‘diradi. Tasavvur qilish kerakki, Ra’no o‘zining ma’naviy ustuvorligi va ichki kuchini qayta tiklash uchun, maroq va urg‘u bilan munosabatlardan chiqa olishi kerak edi, lekin bu holat uning munosabatlarini o‘zgartiradi va uning ijtimoiy masalalarga munosabatini yangicha tashkil qiladi.
Hikoyada Maryam opoqi tomonidan Ra’noga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar,
unga nisbatan keraksiz bahs va ma’lumotlar orqali badbaxtlikka olib keladi. Ayollar obrazi nafaqat shaxsiy munosabatlar, balki ularning jamiyatdagi o‘rni, adolatsizlik va ishonchiga zid munosabatlar orqali ko‘rsatiladi. Ayollar aniq iqtisodiy yoki ijtimoiy tahdidlardan qo‘rqmasdan, ichki kuch va sabr orqali ijtimoiy muhitda o‘zaro bog‘lanishga harakat qilishadi. Hikoyadagi voqealar, ayollar orasidagi ichki konflikt va ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini, shuningdek, har bir ayolning ruhiy sabr-toqati va jamiyatdagi o‘rnini anglatadi.
Jamiyatda ayollar obrazi ko‘pincha oila, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga harakat qiladi. “yetim uy” hikoyasida Maryam opoqi va Ra’no o‘rtasidagi ijtimoiy zo‘rlashuvlar, nafrat va ishonchsizlik hissini ishga soladigan holatlarda, ayollar o‘rtasidagi ishonch, muhokamalar va ijtimoiy sabrni jonli tarzda ko‘rsatib beradi. Hikoyadagi badiiy tasvirlar va ayollar o‘rtasidagi munosabatlar jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning ichki muammo va ma’naviy ta’sirlar orqali shakllanishini namoyon qiladi..
Ayol obrazlarining aks ettirilishida yozuvchilar estetik va axloqiy tushunchalarni o‘zaro uyg‘un holda namoyon etadilar. Ayollar ko‘pincha o‘z juftiga, farzandlariga va jamiyatga sadoqatning timsoli sifatida tasvirlanadi. Bu obrazlar orqali jamiyatning ayollarga bo‘lgan munosabati, ularning ijtimoiy mavqyei va shaxsiy erkinliklari qanday shakllangani ko‘rsatib beriladi.
Shuningdek, adabiyotda ayollar obrazlari orqali inson qalbidagi quvonch, g‘am, hayotga bo‘lgan umid va ma’naviy kurashning beqiyos namunalari yoritib berilgan. Turli ijodkorlar o‘z asarlarida ayol timsollari orqali inson hayotidagi asosiy falsafiy savollarga javob berishga harakat qiladilar. Misol uchun, Nazokat obrazi nafaqat ayolning jamiyatdagi rolini, balki inson qalbidagi buyuk ma’naviy kuchning ifodasidir.
Xulosa qilib aytganda, badiiy adabiyotdagi ayollar obrazlari jamiyat va inson ruhiyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu obrazlar orqali yozuvchilar ayollarning hayotdagi murakkab rolini, ularning ichki kuchi va oliyjanob fazilatlarini namoyon qiladilar. Shuningdek, ayol obrazlari adabiyotda insonparvarlik tushunchalarini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. Ular adabiy-estetika va falsafaning muhim yo‘nalishi sifatida har doim dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib qolaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. — T.: Yangi asr avlodi, 2006 — 548 b;
2. Yo‘ldoshev Q. Roman va bugungi o‘zbek romanchiligi // Sharq yulduzi — 2011
№4;
3. Yo‘ldoshev Q. – “Zulfiya Qurolboy qizi ijodida psixologizm va ayollar obrazi” // Ijtimoiy fanlar jurnal — 2015;
4. Mo‘minova M. — “Zulfiya Qurolboy qizi ijodi: ayol obrazi va ijtimoiy rol” // Doktorlik dissertatsiyasi — 2010;
5. Shodieva G. — “Zulfiya Qurolboy qizi ijodida zamonaviy ayollar obrazi” // Doktorlik dissertatsiyasi — 2018.
6. Normatov U. — Qalbdagi benazir ziyo. Manba
7.https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/umarali-normatov-zulfiya-qurolboy.html 8. www.ziyouz.uz
9. https://kh-davron.uz/kutubxona

About the Author

You may also like these