2 yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) bolani ovqatlantirish uchun (oʻziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam boʻlmagan tanaffus beriladi.
2 yoshga toʻlmagan ikki va undan koʻp bolalilarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.
Mazkur tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va oʻrtacha ish haqi boʻyicha haq toʻlanadi.
Bolali ayolning xohishiga koʻra tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qoʻshib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga koʻchirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.