Ilm yoʻliga kiritilgan investitsiya hech qachon besamar ketmaydi.
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Singapurning “Marshall Cavendish” taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda murabbiylar uchun oʻquv mashgʻuloti boshlandi.
10-yanvargacha davom etadigan mashgʻulotlar oʻquvchilarda PISA — oʻqish, matematika va tabiiy fanlar boʻyicha bilim va koʻnikmani baholaydigan xalqaro dasturga asoslangan mahoratni shakllantirishga qaratilgan. Shu orqali yoshlarning ilmiy savodxonligini oshiradigan ilgʻor uslub chuqur oʻzlashtiriladi. Seminarda qatnashganlar keyinchalik boshqa hamkasblarini mazkur qoʻllanma bilan tanishtirib, yangi bilimlarini amaliyotda keng miqyosda qoʻllaydi.