Respublikamizda “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi oʻtkaziladi

Shu yilning 25-oktyabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi boʻlib oʻtadi.

Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

Aksiya doirasida daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qogʻozlar sarfini kamaytirish, mebel jihozlarini yasashda qayta ishlangan xom ashyolardan keng foydalanish, qogʻozlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga almashtirishni targʻib etishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarishning xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ikkilamchi qogʻoz chiqindilarini qayta ishlashga qaratilgan targʻibotlar amalga oshiriladi.

About the Author

You may also like these