Markaziy saylov komissiyasining majlisida beshta siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovda ishtirok etishiga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Maʼlumot uchun, saylov joriy yilning 27-oktabr sanasida oʻtkaziladi.
Oldinroq Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berilgani haqida xabar berilgan edi.