Yil boshidan buyon mamlakat aholisi 334,5 ming kishiga koʻpaydi.
Prezident huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-iyul holatiga koʻra Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 37 million 134,2 ming kishini tashkil qildi.Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga koʻpdir.Respublikada 18 million 437,5 ming nafar ayollar, 18 million 696,7 ming nafar erkaklar istiqomat qiladi. Shaharlarda yashovchilar soni 18 million 940,4 ming kishini, qishloq joylarda 17 million 193,8 ming kishini tashkil etdi.Qayd etilishicha, yil boshidan buyon mamlakat aholisi 334,5 ming kishiga koʻpayib, har oy oʻrtacha 55,7 ming kishiga oshmoqda, har kuni 1,8 ming kishiga koʻpaymoqda.