Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
“Ta’minot zanjiri va korxonalar manbalarini boshqarish” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma 70411701 – Logistika (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Bugungi kundagi keskin raqobatda ustunlikka erishish uchun kompaniyalar ishlab chiqarishni tezlashtirishga, tannarxni pasaytirishga va ish faoliyatini yaxshilashga to‘g‘ri kelmoqda, korxonalar samaradorligini oshirish uchun esa avtomatlashtirish texnologiyalariga tayanish muhim sanaladi. Xususan, mahalliy korxonalar jarayonlarni tezlashtirish va xatolarni minimallashtirish maqsadida turli xil raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etib, o‘z unumdorligini yaxshilashga intilmoqda. Ammo bu vositalarning barchasini yagona elektron majmuada birlashtirish va markazlashtirishda ERP tizimlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. ERP tizimlari turli bo‘limlar o‘rtasidagi jarayonlarni muvofiqlashtirib, resurslarni to‘g‘ri boshqarish va korxona faoliyatini optimallashtirishga sharoit yaratadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma ikki bo‘limdan iborat: birinchi bo‘lim talabni tahlil qilish, materiallarni sotib olish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va ushbu mahsulotlarni mijozlarga tarqatish bilan bog‘liq kompleks, o‘zaro bog‘liq tadbirlar to‘plamidan iborat ta’minot zanjirini boshqarishning turli aspektlarini o‘z ichiga oladi. Bu bo‘limda ta’minot zanjirining shakllanishi, tuzilishi, intеgratsiyasi va uni boshqarish strategiyalari ko‘rib chiqilgan. Ikkinchi bo‘limda korxona manbalari (resurslari)ni boshqarish, korporatsiyada ERP tizimini joriy etish masalalari o‘rganib chiqilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmadan transport-logistika markazi mutaxassislari, xalqaro bozorga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan biznes subyektlar va boshqa barcha qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035