Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035

Mazkur monografiya simmetriya va asimmetriya kategoriyalarining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tadqiq qilishga bagʻishlangan boʻlib, unda insoniyat jamiyatining murakkab dinamik tuzilishi falsafiy-metodologik jihatdan oʻrganilgan. Monografiyaning dastlabki qismida, ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixida simmetriya va asimmetriya gʻoyalarining evolyutsiyasi yoritilib, ularning tarixiy va nazariy shakllanish bosqichlari falsafiy diskurs kontekstida tahlil qilinadi. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzilishlarida namoyon boʻladigan simmetrik va asimmetrik hodisalar, ularning dialektik oʻzaro taʼsiri klassik, noklassik va postnoklassik fan paradigmalari doirasida talqin etiladi. Shuningdek, monografiyada disimmetriya konsepsiyasi asosida ijtimoiy borliqning simmetrik va asimmetrik manzarasini shakllantirish orqali jamiyatni tadqiq qilishning yangi metodologik yondashuvi taklif etiladi. Mazkur yondashuv ijtimoiy taraqqiyot dinamikasini tushuntirishda anʼanaviy tafakkur andozalaridan farq qiluvchi nazariy asos sifatida qaraladi. Yaʼni insoniyat jamiyati simmetriya va asimmetriyaning murakkab dinamik birligidan tarkib topgan fraktal tuzilma sifatida tadqiq qilinadi. Ushbu konsepsiya doirasida mikro, makro va megaijtimoiy tizimlarning oʻxshashligi, oʻz-oʻzini tashkillashtirilishi, tuzilmaviy davriyligi va jarayonlarning takrorlanuvchanligi ijtimoiy-falsafiy tahlil nuqtayi nazaridan konseptuallashtiriladi.
Mazkur monografiya ijtimoiy falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar, doktorantlar, magistrantlar hamda ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanuvchi yosh tadqiqotchilar uchun muhim nazariy va metodologik ahamiyatga ega ilmiy manba boʻlib xizmat qiladi.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035