Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Darslik davolash ishi yo‘nalishi o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, zamonaviy laboratoriyaning asosiy qo‘llaniladigan usullari va asbob uskunalarini ishlatish to‘g‘risida yoritilgan. Darslikning hozirgi kundagi ahamiyati shundan iboratki, qo‘llanmada kasalliklarga aniq va tezkor tashxis qo‘yishda klinik laboratoriya tekshiruvi, ayniqsa, zamonaviy klinik laboratoriya usullaridan foydalanishning ahamiyati yoritib berilgan.
Har bir shifokor o‘z vaqtida bemorga yordam ko‘rsatishni bilishida tahlillarni to‘g‘ri interpretatsiya qilishi ham ahamiyatlidir. Laboratoriyada aniqlanadigan muayyan o‘zgarishlar qaysi kasalliklarda bo‘lishini ko‘rsatadi va bu talabalarning tahlillarni ko‘r-ko‘rona bajarmasliklariga, balki muayyan patologiyada shu tahlillarni o‘tkazish maqsadga muvofiqligini tushunishlariga va mumkin bo‘lgan natijasini faraz qila bilishlariga yordam beradi. Shuningdek, laboratoriyada qilinadigan reaksiya va tahlillarning asosiy turlari interpretatsiya qilingan.
Ushbu darslikda bo‘lajak mutaxassislarga kasalliklar sababini aniqlash, ularni tahlil qilish hamda tekshirish usullarini chuqur o‘rganishlari uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar berilgan.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035