Geomatika muhandisligi fanidan masalalar yechish va amaliy ishlarni bajarish

SKU: geomatika-muhandisligi-fanidan-masalalar-yechish-va-amaliy-ishlarni-bajarish Bo'lim:

O‘quv qo‘llanmada topografik karta va planlarda geodezik masalalar yechish, topografik kartada berilgan maydon yuzasini aniqlash, teodolit bilan plan olish, yuzani nivelirlash, trassani nivelirlash, elektron taxeometr yordamida taxeometrik plan olish, bino loyihasini joyiga ko‘chirish elementlarini hisoblash va rejalash chizmasi berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma 60723300 – Geomatika muhandisligi ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi, fan dasturi va ishchi o‘quv dasturi asosida yozilgan.
O‘quv qo‘llanmadan “Geomatika muhandisligi” va “Qurilish muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek, shu sohaga tegishli bo‘lgan ilmiy-texnik xodimlar ham foydalanishlari mumkin.