Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Monografiyada davlat byudjeti orqali ijtimoiy va kam taʼminlangan qatlamlarni, shu jumladan, yosh oilalar, kambag‘al aholi va ehtiyojmand guruhlarni uy-joy bilan taʼminlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, ijtimoiy himoya dasturlarini kengaytirish va takomillashtirish; aholining yashash sharoitlarini yaxshilash orqali ijtimoiy tenglikni mustahkamlash, aholining turmush darajasini oshirish va migratsiya oqimlarini kamaytirish; uy-joy qurilishi bilan birga shahar va qishloq hududlarida kommunikatsiyalar (suv, gaz, elektr), transport va ijtimoiy infratuzilmani (maktablar, shifoxonalar) rivojlantirish; uy-joy siyosatini amalga oshirishda mavjud muammolarni tahlil qilish, qonunchilik bazasini mustahkamlash va davlat mablag‘laridan samarali foydalanishni taʼminlash kabi masalalar yoritilgan.
Mazkur monografiya Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida olib borilayotgan IL-21101893-sonli “Kambagʻallikni kamaytirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida bajarilgan.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035