Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Mazkur monografiyada budjetdan tashqari pensiya jamg‘armalarida hisob va audit tizimini takomillashtirishning nazariy va metodologik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotda mamlakatimiz budjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari faoliyatini xalqaro standartlar talablari asosida tashkil etishni, xususan, pensiya xarajatlarini hisobga olishning zamonaviy usullari, buxgalteriya axborot tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, davlat auditi va moliyaviy nazoratni joriy etish masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Monografik kuzatuvlar natijasida pensiya jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish yo‘llari, pensiya jamg‘armalari faoliyati auditi jarayonlariga davlat auditini tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu monografiya sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ilmiy xodimlar, magistrantlar hamda pensiya tizimi bilan shug‘ullanuvchi amaliyotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035