Moliyaviy hisob
Mazkur darslik 60410500 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” baka-lavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan “Moliyaviy hisob” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Darslik bo‘lajak moliya mutaxassislarida moliyaviy hisob va moliyaviy hisobotni tashkil etish, xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlashtirish, baholash, hisobvaraqlarda aks ettirish, umumlashtirish hamda moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Darslikda moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari, moliyaviy hisobning mohiyati hamda uni me’yoriy-huquqiy tartibga so-lish, hisob siyosati, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisob sikli va moliyaviy hisobotni shakllantirish masalalari tizimli bayon etilgan. Shuningdek, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy investitsiyalar, tovar-moddiy zaxiralar, tay-yor mahsulotlar va sotish, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar, mehnatga haq to‘lash, ijara, majburiyatlar, xususiy kapital hamda moliyaviy natijalar hisobi yoritilgan. Darslikning yakuniy boblarida moliyaviy hisobot shakllarini tuzish, taqdim etish va ulardagi axborotdan foydalanishning uslubiy jihatlari ochib berilgan.
Mavzularni yoritishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi buxgalteriya hisobining milliy standartlari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, hisob-varaqlar rejasi hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga tayanilgan. Milliy buxgalteriya hisobi amaliyoti xalqaro yondashuvlar bilan tegishli mavzular doirasida qiyoslanib, xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy mazmunini to‘g‘ri anglash va ularni moliyaviy hisobotda ishonchli aks ettirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Darslikning nazariy qismi jadvallar, chizmalar, hisob-kitoblar, buxgalteriya yozuvlari, keys-stadilar va amaliy vaziyatlar bilan boyitilgan. Har bir bobda qis-qacha xulosa, tayanch iboralar, nazorat va muhokama savollari, test topshiriqlari, amaliy topshiriqlar hamda mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar berilgan. Mazkur didaktik apparat talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularni kasbiy vaziyatlarda qo‘llash, tahliliy xulosa chiqarish va mustaqil ta’lim olish ko‘nik-malarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Darslik 60410500 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan iqtisodiyot va moliya yo‘na-lishlarida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, oliy ta’lim muassasalari o‘qi-tuvchilari, buxgalterlar, auditorlar hamda moliyaviy hisobot sohasidagi amali-yotchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.




