Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodikasi

Bo'lim:

Mazkur uslubiy qo‘llanma maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishning nazariy-metodik asoslarini yoritishga bag‘ishlangan. Unda ijtimoiy ongni shakllantirishning pedagogik mazmuni, strukturaviy komponentlari hamda maktabgacha yosh davriga xos rivojlanish xususiyatlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tahlil qilingan.
Qo‘llanmada takomillashtirilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi talablari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda ijtimoiy ongni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’limiy jarayonni tashkil etish shakllari, metodlari va vositalari ilmiy asosda bayon etilgan. Xususan, bolalarda ijtimoiy munosabatlar, axloqiy-me’yoriy tasavvurlar, ijtimoiy xulq-atvor, muloqot madaniyati, ijtimoiy faollik va hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar, didaktik va rolli o‘yinlar tizimi, tarbiyaviy vaziyatlar hamda metodik tavsiyalar keltirilgan.
Mazkur uslubiy qo‘llanma maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari va metodistlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, magistrantlar hamda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.