Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
“Audiovizual jurnalistika” o‘quv qo‘llanmasi teleradiojurnalistika asoslarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, unda radio va televideniyening funksiyalari, ijtimoiy vazifalari, paydo bo‘lish bosqichlari va rivojlanishi, mazkur jarayonning qonuniyatlari va tendensiyalari o‘z aksini topgan. Kitobda tele va radiodasturlarning formatlari, tipologiyasi, ko‘rsatuv va eshittirishlarni tayyorlash texnologiyasi va mexanizmlari, radio va televideniyening ifodaviy vositalari, to‘g‘ridan to‘g‘ri efirning o‘rni, interaktivlikning xususiyatlari, tele va radiojurnalistning ixtisoslashuvi va ishlash metodikasi, auditoriyani o‘rganish metodlari kabilar bayon etiladi. Shuningdek, audiovizual jurnalistikaning axloqiy va huquqiy jihatlariga, shuningdek, medialandshaftning kelajagini belgilab beruvchi tendensiya va innovatsiyalarga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘quv qo‘llanma jurnalistika fakulteti talabalari, o‘z malakasini oshirish va raqamlashtirish davri talablariga moslashishga intilayotgan amaliyotchi jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun mo‘ljallangan. Amaliy topshiriqlar va real amaliyotdan olingan misollar nafaqat nazariy asoslarni o‘zlashtirishga, balki ularni amalda qo‘llashga yordam beradi.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035