Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofidagi tadqiqotlar: tuproqlarning ekologik-meliorativ holati va kartografik modellar

SKU: kattaqorgon-suv-ombori-atrofidagi-tadqiqotlar-tuproqlarning-ekologik-meliorativ-holati-va-kartografik-modellar Bo'lim:

Mazkur monografiya O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan IL-9224094166-sonli “Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofida tarqalgan tuproqlarning ekologik-meliorativ holati bo‘yicha kartografik modellarni yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasi tadqiqot natijalari asosida yozilgan. Monografiyada Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofida tarqalgan tuproqlarning gidromorfizmga uchrashi, fizik, kimyoviy va biologik xossalarini hamda o‘simlik qoplamining o‘zgarishi o‘rganilgan, tadqiqotlar pirovardida kartografik modellar tuzilgan va ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.