Aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish

SKU: aksiyadorlik-jamiyatlarida-innovatsion-loyihalarni-moliyalashtirishning-metodologik-asoslarini-takomillashtirish Bo'lim:

Mazkur monografiyada aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy yondashuvlari, nazariy-metodologik asoslari va amaliy mexanizmlari chuqur tahlil qilingan. Asosiy e’tibor, innovatsion loyihalarning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va zamonaviy moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish masalalariga qaratilgan. Monografiyada dunyo amaliyotida yirik kompaniyalar innovatsion loyihalarni qanday moliyalashtirayotgani, venchur kapital, “yashil” obligatsiyalar, kraudfanding va davlat grantlari kabi zamonaviy moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish tajribasi keng yoritilgan.
Monografiya o‘zida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda yuzaga keladigan asosiy muammolar, zamonaviy risklar va ularni bartaraf etish yo‘llarini ilmiy asosda tahlil qilingan. Unda ilg‘or xalqaro tajriba va iqtisodiy modellashtirish natijalari asosida O‘zbekiston uchun moslashgan takomillashtirilgan moliyalashtirish metodologiyalari va istiqbolli yo‘nalishlar ishlabchiqilgan. Ushbu monografiya nafaqat ilmiy tadqiqotchilar, balki amaliyotchi mutaxassislar va iqtisodiy soha vakillariga tavsiya etiladi.