Vazirlar Mahkamasining tegishli (03.04.2018-yildagi 261-son) qarori bilan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi belgilangan.
Unga koʻra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos boʻladi:
– test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
– test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
– test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
– test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varagʻini yirtsa;
– test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
– test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Bundan tashqari, abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
Mandat natijasini bilish uchun bot — @e_uzbmb_mandatbot