Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalarning oʻqishini koʻchirish uchun 2025/2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballarini eʼlon qildi.
Maxsus sinovlar yoʻnalishlar kesimida belgilangan boʻlib, ular quyidagi tartibda tasdiqlangan:
I. TAʼLIM
– Taʼlim: 94 ball
II. SANʼAT VA GUMANITAR FANLAR
– Sanʼat: 93 ball
– Gumanitar fanlar (tillardan tashqari): 94 ball
– Tillar: 94 ball
III. IJTIMOIY FANLAR, JURNALISTIKA VA AXBOROT
– Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar: 105 ball
– Jurnalistika va axborot: 105 ball
IV. BIZNES, BOSHQARUV VA HUQUQ
– Biznes va boshqaruv: 94 ball
– Huquq: 165 ball
V. TABIIY FANLAR, MATEMATIKA VA STATISTIKA
– Biologiya va turdosh fanlar: 80 ball
– Atrof-muhit: 94 ball
– Fizika va tabiiy fanlar: 94 ball
– Matematika va statistika: 94 ball
VI. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: 94 ball
VII. MUHANDISLIK, ISHLOV BERISH VA QURILISH SOHALARI
– Muhandislik ishi: 75 ball
– Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari: 75 ball
– Arxitektura va qurilish: 75 ball
VIII. QISHLOQ, OʻRMON, BALIQ XOʻJALIGI VA VETERINARIYA
– Qishloq xoʻjaligi: 70 ball
– Oʻrmon xoʻjaligi: 70 ball
– Baliq xoʻjaligi: 70 ball
– Veterinariya: 60 ball
IX. SOGʻLIQNI SAQLASH VA IJTIMOIY TAʼMINOT
– Sogʻliqni saqlash: 129 ball
– Ijtimoiy taʼminot: 94 ball
X. XIZMATLAR SOHASI
– Xizmat koʻrsatish sohasi: 80 ball
– Gigiyena va mehnat muhofazasi: 70 ball
– Transport xizmatlari: 104 ball
Eslatma: ushbu ballar xorijiy va nodavlat OTMlardan Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirishni istagan talabalar uchun belgilangan. Ularning asosida maxsus test sinovlari oʻtkaziladi va har bir soha uchun belgilangan minimal oʻtish ballidan yuqori natija talab etiladi.