“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi (2025-4)
2025-yil 15-iyuldan “Akademik harakatchanlik“ dasturi tanlovida ishtirok etish uchun loyihalar qabuli boshlandi. Bu haqda Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash matbuot xizmati xabar berdi.
Loyihalar “Akademik harakatchanlik” dasturi maxsus elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Ushbu dastur yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini beradi.
Dasturda ishtirok etish uchun qoʻyiladigan shartlar:
– Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
– 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
– Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
– Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha boʻlishi.
Kerakli hujjatlar:
1. Nomzod faoliyat koʻrsatayotgan muassasa yoʻllanma xati.
2. Ilmiy-tadqiqot loyihasi (loyiha kalendar-rejasi, loyiha xarajatlar smetasi).
3. Nomzodlarning loyihalari ular faoliyat yuritayotgan muassasalarning ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
4. Loyihaga nomzodning maʼlumotnoma-obyektivkasi (anketa) ilova qilinadi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati nomzodning ilmiy rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
6. Qabul qiluvchi tashkilotning rozilik xati Innovatsion rivojlanish agentligi nomiga (tashkilot rasmiy blankida hamda tashkilot birinchi rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi shart)
7. Ilmiy loyihaning taqdimoti (10 ta slayddan oshmagan).
Taqdim etilgan ilmiy loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar davlat tomonidan toʻliq qoplab beriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasining qarori 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga ilova “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom talablariga muvofiq boʻlishi shart.
📥 Loyihalar 15-iyuldan 1-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Bogʻlanish uchun: (71) 203-32-23 (246)