2024-yil 17-noyabr kuni Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari oʻtkazildi.
Test sinovlarida 3 351 nafar talabgor ishtirok etdi.
Test sinovlari ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq), matematika, Oʻzbekiston tarixi va chet tili fanlaridan oʻtkazildi.
Test sinovida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.