Toshkent shahrida yangi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Majlisda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, quyi palata aʼzolari Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod koʻrsatish uchun deputatlar orasidan Siyosiy partiyalar vakillari kengashini tuzdilar.
Qisqa tanaffusdan soʻng, Siyosiy partiyalar vakillari kengashining taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan OʻzXDP dan saylangan Nuriddin Ismoilovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladilar.