Taʼlim rivoji yoʻlidagi xalqaro hamkorlik (+video)

Tez oʻzgarib borayotgan dunyoda oʻqituvchi har bir talaba ehtiyojiga javob beradigan sifatli taʼlim berishi uchun oʻz malakasi, bilimini doimiy ravishda oshirib borishi suv va havodek zarur.

Bugun boshlangan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Britaniya Kengashi va Norvich til taʼlimi instituti hamkorligida tashkil qilingan ikki kunlik trening kursi ayni maqsadga yoʻnaltirilgan. Jarayonga 61 yangi maktab jalb qilingan.

Mashgʻulot doirasida uzluksiz kasbiy rivojlanish (UKR) konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish, oʻqituvchilar orasida kasbiy mahoratni takomillashtirishga nisbatan masʼuliyat hissini kuchaytirish, oʻqib-oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash va maktab oʻqituvchilari orasida uzluksiz taʼlim olish muhitini shakllantirish yoʻllari muhokama qilindi.

Loyiha doirasida Oʻzbekistondagi xalq taʼlimi muassasalarida UKR portfoliosi hamda sohada barqaror va uzluksiz taʼlim olish, oʻz ustida ishlash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Uzluksiz kasbiy rivojlanish boʻyicha ilgʻor amaliyot qoʻllanmasi sinovdan oʻtkaziladi.

Joriy yil may oyida 20 ta maktab ishtirok etgan birinchi bosqich natijasi tahlil qilindi. Amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va ishlab chiqilgan ilgʻor amaliyotni mamlakat miqyosida qoʻllash va keng yoyishga yondashuv kelishib olindi. Sentyabr oyida tashabbusga 100 dan ortiq maktab qoʻshildi.

Britaniya Kengashining yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari Denis Uoddingxem jahon andozasi darajasida taʼlim berish uchun zarur koʻnikma va malaka hosil qilish imkonini taqdim etish orqali oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Mazkur tuzilma Madaniy aloqalar va taʼlim olish imkoniyati sohasidagi xalqaro tashkilot sanaladi.

About the Author

You may also like these