Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Digital Generation Uzbekistan” bilan hamkorlikda oʻtkazib kelinayotgan “Raqamli avlod qizlari”loyihasining faol ishtirokchilari BAAda taʼlim sayohatida boʻlishdi.
Mazkur loyiha doirasida ishtirokchi qizlar Emirates National School bilan hamkorlikda raqamli texnologiyalar sohasida tajriba almashishdi va yangi bilimlarni egallashdi.
Dastur doirasida shuningdek xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilib, oʻquvchi qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Maʼlumot oʻrnida: “Raqamli avlod qizlari” loyihasi 2021-yildan eʼtiboran anʼanaviy tarzda har yili oʻtkazib kelinmoqda.