Maktab oʻquvchilari kimyo fani boʻyicha bajariladigan laboratoriya-amaliy mashgʻulotlarini virtual reallikda amalga oshirmoqdalar

Xizmat safari davomida Ohangarondagi “Qoraxitoy” mahallasida joylashgan 12-umumtaʼlim maktabida “Aqlli taʼlim” yoʻnalishida joriy etilgan “Interaktiv taʼlim VR” innovatsion loyihasi bilan tanishildi.

Ohangaron yoshlar texnoparkining loyihasi oʻquvchilarning kimyo fanini oʻzlashtirishlarida qator qulayliklarni yaratdi. Xususan, oʻquvchilar qurilma orqali kimyo fani boʻyicha laboratoriya mashgʻulotlarini virtual reallikda bajarmoqdalar. Bu esa ularga kimyoviy elementlar qanday reaksiya hosil qilishi, qanday tusga kirishini amaliy tarzda virtual koʻzoynaklar orqali koʻrish imkoniyatini beryapti.

Oʻrganish yakunida mazkur loyiha asosida boshqa fanlar (tarix, fizika, biologiya) boʻyicha ham dasturlarni ishlab chiqish tavsiya etildi.

Maʼlumot oʻrnida, loyiha 2024-yilda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan.

About the Author

You may also like these