Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Ushbu “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish – 2” nomli darslikda “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish – 2” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar (Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi), yigʻimlar, maxsus soliq rejimlari (Aylanmadan olinadigan soliq, soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga va Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari), soliq nazoratining shakllari, soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa choralarining huquqiy oqibatlari, soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik, yuridik shaxslarni soliqqa tortishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, soliq maslahati va uning asosiy prinsiplarining mazmun va mohiyati oʻz aksini topgan.
Mazkur darslik “Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari boʻyicha)” taʼlim yoʻnalishi talabalari bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlarining iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlari bakalavrlari, magistrlari, moliya va soliq mutaxassislari, bank xodimlari, buxgalterlar, auditorlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda shu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035