Yuridik shaxslarni soliqqa tortish – 2

Ushbu “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish – 2” nomli darslikda “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish – 2” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar (Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi), yigʻimlar, maxsus soliq rejimlari (Aylan­madan olinadigan soliq, soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga va Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari), soliq nazoratining shakllari, soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa choralarining huquqiy oqibatlari, soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik, yuridik shaxslarni soliqqa tortishda axborot-kommunikatsiya texno­logiyalaridan foydalanish, soliq maslahati va uning asosiy prinsiplarining maz­mun va mohiyati oʻz aksini topgan.
Mazkur darslik “Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari boʻyicha)” taʼlim yoʻnalishi talabalari bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlarining iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlari bakalavrlari, magistrlari, moliya va soliq mutaxassislari, bank xo­dimlari, buxgalterlar, auditorlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda shu sohaga qiziquvchi keng kitob­xonlar ommasiga moʻljallangan.