Dunyo boʻylab Telegramni yuklab olishlar soni ortdi

Telegram asoschisi Pavel Durov Parij aeroportida hibsga olinganidan soʻng uning ijtimoiy tarmogʻi reytingda oʻsishni boshladi.

Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda.

Shunday qilib, Telegramdagi kontent bilan bogʻliq xavotirlarga qaramay, hozirda ilovani yuklab olishlar sonining oʻsishi kuzatilmoqda, bu esa unga App Store ijtimoiy tarmogʻlari jadvalida ikkinchi oʻrinni egallash va iOSda global yuklab olishlar hajmini 4 foizga oshirish imkonini berdi.

Xususan, Pavel Durov hibsga olingan Fransiyada ilova App Store doʻkonida “Ijtimoiy tarmoqlar” turkumida birinchi oʻringa koʻtarildi va umumiy reytingda uchinchi eng yaxshi ilova aylandi, deb xabar beradi korrespondent.net.

About the Author

You may also like these