Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodini ayollar tashkil qiladi

Joriy yilda test sinovi natijalariga koʻra oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan boʻlib, ularning:

96 516 nafari (51,6 %) — erkaklar;

90 355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga toʻgʻri keladi.

Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan koʻproq ekanligini koʻrish mumkin. Jumladan:

erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);

ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

2024—2025-oʻquv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning oʻrtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

Talaba boʻlgan ayollarning eng yoshi 15 yosh boʻlsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu koʻrsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

About the Author

You may also like these