Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda:
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm;
nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm etib belgilanmoqda.