Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi axborot xizmati rahbari Maʼruf Jumayev maʼlum qildi.
Shuningdek, 100 ga yaqin ilmiy maqola va monografiyalar milliy va yuqori impakt faktorli xalqaro jurnallarda eʼlon qilindi.
2023-2024-yilgi oʻquv davri mobaynida Akademiya va hududiy filiallar boʻyicha jami 13 110 soat dars mashgʻulotlari oʻtildi.
2023-2024 oʻquv yili Akademiya uchun samarali xalqaro aloqalarga ham boy boʻldi. Xususan, joriy davrda, 40 ga yaqin xalqaro aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Singapur, Germaniya, Fransiya, Koreya Respublikasi, Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar, Ozarbayjon, Shveysariya kabi mamlakatlarning Davlat boshqaruvi kadrlarini tayyorlashga masʼul tashkilot va oʻquv muassasalari bilan hamkorlik boʻyicha 20 ga yaqin memorandum va shartnomalar imzolandi.
100 ga yaqin vazirlik, idora, viloyat, tuman, shahar hokimlik vakillari, Akademiya professor-oʻqituvchilari uchun AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Shveysariya, Latviya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa qator mamlakatlarda malaka oshirish dasturlari Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan tashkil etildi.
Respublikaning qator tuman (shahar)laridagi sektor rahbarlari hamda 4 ta toifadagi 232 ta mahallalarning 1341 nafar “Mahalla yettiligi” tizimi masʼullari uchun 3 kunlik oʻquv-seminarlari tashkil etildi. Ushbu oʻquv-seminarlarda 2 mingga yaqin masʼullar oʻqitildi.