Onlayn sotuvga chiqarilgan asarlar sanʼat muzeyining kolleksiyasiga mansub emas

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi kolleksiyasiga aloqadorligi aytilayotgan sanʼat buyumlarining onlayn sotuvga chiqarilgani haqidagi muhokamalarga javoban Madaniy meros agentligi quyidagilarni maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Madaniy meros agentligi muzey kuratorlari bilan birgalikda yuqorida qayd etilgan sanʼat asarlarini sinchkovlik bilan koʻzdan kechirdi. Bu haqdagi tegishli surishtiruv va tushuntirish hisobotlari muzey muhofizlari tomonidan atroflicha qiyosiy oʻrganildi. Shu tariqa mazkur suratlar muzey kolleksiyasiga mansub emasligi hamda ularning elektron sotuvga chiqarilishi bilan Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyining rekonstruksiya va joriy taʼmirlash uchun yopilishi oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik mavjud emasligini alohida taʼkidlamoqchimiz, deyiladi xabarda.

About the Author

You may also like these