Qonunchilikka koʻra, davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun 5 kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak.
Shuningdek, 3 yoshga toʻlmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari boʻlgan ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.