Mamlakatimizda istiqboldagi rahbar kadrlarni rejali tayyorlash tizimi ishga tushgan

Samarqandda amaldagi rahbarlar hamda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun maxsus oʻquv dasturi tashkil etildi.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatdiki, davlat boshqaruvining samaradorligi koʻp jihatdan rahbar kadrlarning salohiyatiga bogʻliq. Shu asosda bugungi kunda mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatiga salohiyatli rahbar kadrlarni jalb qilish, zaxirasini shakllantirish, ularning bilim va koʻnikmalarini muntazam ravishda oshirish, bu orqali rahbar kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Seminarga Zaxiraga kiritilgan nomzodlar hamda viloyat, tuman (shahar) hokimlari oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari, tashkilotlarning rahbar va oʻrinbosarlari (jami 550 nafar) ishtirok etdi.

About the Author

You may also like these